Haber Giriş:
O'zbekiston va Turkiy Kengash o'rtasida tranzit masalalari bo‘yicha maslahatlashuv bo'lib o'tdi

Videokonferensiya shaklida bo'lib o'tgan anjuman transport sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya maslahatlashuvlarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy Kengash) kotibiyati bilan O‘zbekiston transport va bojxona organlari vakillari ishtirokida videokonferensiya shaklida navbatdagi maslahatlashuvlar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Transport vazirligi ma’lum qilishicha, maslahatlashuvda O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Abdusamad Mo‘minov, Turkiy Kengash Bosh kotibi o‘rinbosari Mirvohid Azi...