Haber Giriş:
Turkiya Niger hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

Kecha Niger g’arbida joylashgan Tillaberi hududida Markaziy saylov komissiyasi vakillarini olib ketayotgan avtomobil yo’lga joylashtirilgan mina ustidan o’tgan. Natijada avtomobil portlab ketgan va saylov komissiyasining 7 nafar xodimi fojiali jon bergan.
Turkiya Niger Respublikasida Markaziy saylov komissiyasiga tegishli avtomobilga sodir etilgan portlashda ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.
“Niger Respublikasida bo’lib o’tgan prezident saylovining ikkinchi bosqichida Markaziy saylov komissiyasiga tegishli avtomobilning portlashi o...